AQSH “qora ro‘yxat”ini yana kengaytirdi
Olam
−
29 iyul 2022
14172Bugun, 29 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya bilan aloqador ikki rossiyalik va to‘rtta tashkilotga qarshi sanksiya kiritdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.
Qayd etilishicha, “qora ro‘yxat”ga siyosatshunos Natalya Burlinova hamda u bilan aloqador “Kreativnaya diplomatiya” jamoat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi, shuningdek, Aleksandr Ionov va u bilan aloqador bo‘lgan Rossiyaning globallashuvga qarshi harakati, “Ionov Transkontinental” MCHJ va “Stop” axborot agentligi kiritilgan.
Avvalroq, AQSH Savdo vazirligi to‘qqiz mamlakatning 36 kompaniyasini Rossiya harbiy va mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlagani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Ular orasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan “Promcomplektlogistic” xususiy korxonsi ham bor.
LiveBarchasi