AQSH Isroilga qilingan hujumga javoban O‘rta yer dengiziga harbiy-dengiz kuchlarini yubormoqda

Olam

image

Pentagon HAMASning Isroilga hujumiga javoban sharqiy O‘rta yer dengiziga harbiy-dengiz kuchlarini yubormoqda. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mintaqadagi vaziyatni jilovlash uchun Isroil chegaralariga “Jerald Ford” aviatashuvchisi, “Normandiya” raketa kreyseri, “Tomas Xadner” esminetsi, “Reymij”, “Karni” va “Ruzvelt” harbiy kemalari yuborilmoqda.

Shuningdek, mintaqada AQSH harbiy-havo kuchlarining F-35, F-15, F-16 va A-10 qiruvchi eskadronlarini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.

“The Wall Street Journal”ning qayd etishicha, aviatashuvchining zarba berish guruhi besh mingga yaqin askarni o‘z ichiga oladi.

“Associated Press” xabariga ko‘ra, aviatashuvchining zarba beruvchi guruhi allaqachon O‘rta yer dengizida joylashgan. O‘tgan hafta u Ion dengizida Italiya bilan dengiz mashqlarini o‘tkazdi.

Agentlik Isroil chegaralariga samolyot tashuvchi kemaning joylashtirilishini kuch namoyishi deb atamoqda. Harbiylar HAMAS jangarilariga qurol-yarog‘ yetkazilishini nazorat qiladi va oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro qurbonlari soni 1100 ga yaqinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil O'rta er dengizi HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing