AQSH Ispaniyani NATOdan haydamoqchi – OAV

Olam

image

AQSH ma’muriyati Eronga qarshi operatsiyani qo‘llab-quvvatlamagan NATO bo‘yicha ittifoqchilariga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda amerikalik mulozimlar orasidagi manbasiga va Pentagon ichki maxfiy yozishmalaridagi hujjatga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Hujjatda bir qator davlatlarning operatsiyalarni olib borish uchun zarur bo‘lgan bazalarga kirish, qo‘shinlarni joylashtirish va havo hududidan uchib o‘tish huquqini berishdan bosh tortgani yoki istamayotganidan norozilik bildirilgan. 

“Pentagonda bunday shartlarni alyans faoliyati uchun fundamental asos deb hisoblashmoqda”, deydi nashr manbasi.

Ko‘rib chiqilayotgan choralar qatorida “muammoli” davlatlar vakillarini NATOdagi asosiy va nufuzli lavozimlardan chetlashtirish hamda Ispaniyaning alyansdagi ishtirokini to‘xtatib turish bor. Madridga nisbatan da’volar shu bilan bog‘liqki, mamlakatda AQSHning yirik ob’ektlari – Rota harbiy-dengiz bazasi va Moron aviabazasi mavjudligiga qaramay, Eronga zarba berish uchun o‘z bazalari va havo hududidan foydalanishga ruxsat berilmagan.

Shuningdek, harbiy idora maktubida AQSHning bir qator tashqi siyosiy masalalar, jumladan, Buyuk Britaniya nazoratida bo‘lgan va Argentina tomonidan bahslashilayotgan Folklend orollari bo‘yicha pozitsiyasi kabi diplomatik ko‘magini qayta ko‘rib chiqish ehtimoli tilga olingan.

Vashingtonda Buyuk Britaniyaning pozitsiyasi ham alohida norozilik uyg‘otgan. London dastlab Eronga zarba berish uchun ikkita Britaniya bazasini taqdim etishdan bosh tortgan va faqat keyinroq mudofaa missiyalarini o‘tkazishga rozi bo‘lgan. AQSH Prezidenti Donald Tramp Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerni operatsiyaga qo‘shilishdan bosh tortgani uchun tanqid qilib, uning harakatlarini yetarlicha qat’iyatli emas deb atagan.

Shu bilan birga, hujjatda AQSHning NATOdan chiqishi yoki Yevropadagi harbiy bazalarni yopish ko‘zda tutilmagan, biroq Amerika harbiy ishtirokini qisqartirish masalasi ochiq qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATO davlatlari ro‘yxatini tuzgani va ularga ta’sir o‘tkazish choralarini ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing