AQSH G‘azoga havo orqali insonparvarlik yordamini yetkazib berishni tikladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlar qamaldagi G‘azo sektori shimolidagi Isroil operatsiyalari tufayli vaqtincha to‘xtatilgan insonparvarlik yordamlarini havo orqali yetkazib berishni qaytadan boshladi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.

"AQSH Markaziy qo‘mondonligi 2024 yil 9 iyun kuni G‘azo sektorida davom etayotgan mojarodan jabrlangan tinch aholiga zaruriy yordam ko‘rsatish uchun G‘azo sektorining shimolida gumanitar havo-desant operatsiyasini o‘tkazdi", deyiladi CENTCOM xabarida.

Hisobotda qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar qamaldagi G‘azo sektorining shimoliy hududlariga 10 tonnadan ortiq oziq-ovqatga teng gumanitar yordam solingan konteynerlarni havo orqali yetkazishni tashkil qilgan.

"Bugunga qadar Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoriga havo orqali 1050 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berdi", deb ta’kidladi CENTCOM.

Ma’lumot uchun, AQSH 7 iyun kuni Isroilning G‘azo sektori shimolidagi operatsiyalari tufayli insonparvarlik havo yordamini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing