AQSH Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Olam
−
13 may 4223 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Eron yadro dasturi davom etayotganini bahona qilib, Tehronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Bu haqda kecha,12 may kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio tegishli bayonot bilan chiqdi.
“Eron yadroviy dasturini kengaytirishda davom etmoqda”, dedi AQSH Davlat departamenti rahbari Ummonda ikki davlatning yuqori martabali vakillari o‘rtasidagi muzokaralarning so‘nggi raundi yakunlanganidan bir kun o‘tib.
Rubioning ta’kidlashicha, Tehron “ikki maqsadli tadqiqot va ishlanmalar faoliyatini” olib bormoqda. Uning versiyasiga ko‘ra, bu faoliyat “yadro qurollari va ularni etkazib berish tizimlari” bilan bog‘liq.
Cheklovlar AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning SPND harbiy tadqiqot tashkiloti bilan aloqada bo‘lgan Fuya Pars Prospective Technologists kompaniyasi hamda yadroviy dastur bilan aloqador bo‘lgan uch Eron fuqarosini nishonga oldi.
Eron va AQSH rasmiylari 11 may kuni Ummonda Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundini o‘tkazdi. Uchrashuvda Tehrondan Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Vashingtondan esa AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff ishtirok etdi. AQSH va Eron o‘rtasidagi oldingi maslahatlashuvlar 12, 19 va 26 aprel kunlari Maskat va Rimda bo‘lib o‘tgandi.
Donald Tramp 13-16 may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Live
Barchasi