AQSH Eronga harbiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Vashington Eronning beqarorlashtiruvchi ballistik raketa va uchuvchisiz uchish dasturlariga yordam bergani uchun 11 jismoniy shaxs, sakkiz yuridik shaxs va bir kemaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi tomonidan chop etilgan press-relizda aytiladi.

Hujjatda aytilishicha, Eron, Gonkong, Xitoy va Venesuelada joylashgan bu shaxslar Eron Islom inqilobi gvardiyasi korpusiga, shuningdek, Eron Mudofaa vazirligiga raketa va dronlarni ishlab chiqarish va tarqatishda moddiy yordam ko‘rsatgan. Ayni paytda ularning AQSHdagi aktivlari bloklanadi.

Cheklovlar kecha, 18 oktyabrda Eronga qarshi yadroviy kelishuvni buzgani uchun sanksiyalar muddati tugashi munosabati bilan joriy qilinmoqda.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 2231-rezolyutsiyasi muddati tugashiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Eronning raketalar, dronlar va boshqa turdagi harbiy qurollarni xarid qilish, ishlab chiqish va tarqatish tahdidiga qarshi turish majburiyatini saqlab qoladi”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi yadroviy kelishuvni buzgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga qaror qilgandi. Bundan tashqari, Kanada hukumati Eronga aloqador 56 tashkilot va 18 shaxsni "qora ro‘yxat"ga kiritgandi. Rasmiy Ottavaning ma’lum qilishicha, bu yadroviy qurol va ballistik raketalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing