AQSH Eron kompaniyalarini Rossiyaga yordami uchun qora ro‘yxatga kiritdi

Olam

image

AQSH Savdo vazirligi Rossiya qurolli kuchlari va uning harbiy-sanoat kompleksiga yordam bergani Erondan yettita tashkilotni qora ro‘yxatga kiritdi. Tegishli bildirishnoma Federal reestrning elektron ma’lumotlar bazasi – AQSH hukumati rasmiy hujjatlar to‘plamida keltirilgan.

Ro‘yxatga aviatsiya sanoatining bir qancha korxonalari, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining havo kuchlari kiritilgan.

“Ushbu yetti tashkilot AQSH hukumati tomonidan Rossiya Qurolli Kuchlari va uning harbiy-sanoat kompleksiga yordam berib, AQSHning milliy xavfsizligi yoki tashqi siyosati manfaatlariga zid harakat qilgani uchun qora ro‘yxatga kiritildi”, deyiladi hujjat matnida.

Qayd etilishicha, qora ro‘yxatga kirish bu tashkilotlarga nisbatan eksport nazorati choralarini joriy etish demakdir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni soat 08:30 da Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujum qilgan shaxs Kalashnikov avtomati bilan qurollangan. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati boshlig‘i halok bo‘ldi, uning ikki hamkasbi yaralandi. Ikkinchisining holati qoniqarli deb baholanmoqda. Eron politsiyasi Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasiga uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchining hibsga olingani haqida xabar berdi. 

Shundan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev elchixonaga uyushtirilgan qurolli hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb baholadi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizoda esa Ozarbayjon qurolli hujumdan keyin mamlakat elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan ozarbayjonlik hamkasbi Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qilingan hujumdan ikki davlat dushmanlari foydalanganini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonning Eron poytaxti Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum yuzasidan munosabat bildirib, ushbu holatni keskin qoralashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron qora ro'yxat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing