AQSH endi Kuba bilan shug‘ullanadi – Rubio
Olam
−
09:23 2186 1 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Vashington kelajakda Kuba masalasiga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 5 may kuni Oq uyda o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, Kubaning hozirgi iqtisodiy tizimi ishlamayapti va mamlakat rahbariyati bu muammolarni hal qila olmayapti.
“Bizning qirg‘og‘imizdan atigi 140 km uzoqlikda muammoli davlat bor. U yana bizning raqiblarimiz uchun qulay hududga aylangan. Bu holatni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz bu bilan shug‘ullanamiz, lekin hozir emas”, degan Rubio.
Rubio Kubaga nisbatan aynan qanday choralar ko‘rishini ochiqlamagan, ammo u yerda ham Eron ssenariysi takrorlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rubio AQSH tomonidan Eron hududida o‘tkazilgan “Epik g‘azab” nomli harbiy operatsiya yakunlanganini ma’lum qilgandi.
Qayd etish joiz, AQSHda Kubaga nisbatan tahdidli gaplar ilk bor yangrayotgani yo‘q. Joriy yilning 1 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Florida shtatidagi tadbirda AQSH Qurolli kuchlari Eron bilan bog‘liq vazifalardan qaytgach, Kuba ustidan nazorat o‘rnatilishini aytgandi. Uning iddao qilishicha, Kuba ichida muammolar mavjud va ularni hal qilish uchun AQSH “kubaliklarga qo‘lidan kelgancha yordam beradi”.
Live
Barchasi