Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

AQSH elchisi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi (video)

Jamiyat

image

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni vataniga qaytishga chaqirdi. Uning bu haqdagi murojaati AQSHning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda e’lon qilindi.

Elchining bildirishicha, so‘nggi bir necha yil ichida ko‘plab o‘zbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yo‘llar orqali AQSHga kirgan. Buning oqibatida AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan taxminan minglab o‘zbekistonliklar bor.

“Ochig‘ini aytganda, men bu shaxslarga O‘zbekistonga o‘z ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQSHda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin”, deydi elchi.

Qayd etish joiz, mart oyining boshida Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatda ruxsatsiz bo‘lib turgan o‘zbekistonlik muhojirlarni Panamaga deportatsiya qilayotgani haqida ma’lum qilingandi. Buning ortidan O‘zbekiston elchixonasi AQSH hukumatiga Panamaga deportatsiya qilinganlar bo‘yicha so‘rov kiritdi.    

Keyinroq esa AQSH tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin O‘zbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar o‘zbekistonlik Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy ushbu davlatga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paygani sababli ogohlantirish bilan chiqqan edi. Elchi ish taklifi kelib tushsa, juda ehtiyot bo‘lishni va uning chindan ham haqiqiyligini tekshirishni, buning uchun Shveysariyadagi potensial ish beruvchi bilan bevosita aloqada ekaningizga ishonch hosil qilishni tavsiya qilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonliklar AQSh elchisi Jonatan Henik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing