AQŞga boradigan özbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
13:00 674 2 daqiqa
AQŞga uçayotgan özbekistonliklar joriy yilning 3 noyabridan kuçga kiradigan yangi talab haqida ogohlantirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Unga köra, AQŞga xorijiy davlatlardan uçadigan barça yölovçilar, jumladan, tranzit yölovçilar ham Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) bölmaganini tasdiqlovçi deklaratsiyani töldirişi şart. Yangi talab AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (CDC) tomonidan joriy etilmoqda.
Qayd etilişiça, yölovçilar AQŞga uçişdan oldingi 21 kun davomida KDR hududida bölmaganini tasdiqlovçi qoğoz yoki elektron deklaratsiyani töldirişi va imzolaşi kerak.
KDR aeroporti orqali tranzitdan ötiş ham mamlakat hududida bölganlik deb hisoblanadi. Bu yölovçi samolyotdan yoki aeroportdan çiqmagan holatlarga ham tegişli.
18 yoşga tölmagan yölovçilar uçun deklaratsiyani ota-onasi, vasiysi yoki boşqa vakolatli şaxs töldirib, imzolaydi. Deklaratsiyani taqdim etmagan yölovçilar reysga qöyilmaydi. Bila turib yolğon ma’lumot beriş esa AQŞ qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Yölovçilarga parvozdan oldin talablar bilan tanişib çiqiş va deklaratsiyani aeroportga kelişdan avval tayyorlab qöyiş tavsiya etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ şarqiy vaqti bilan 3 noyabr soat 23:59 dan boşlab, mamlakatga xorijdan uçib boruvçi barça yölovçilar, jumladan, tranzit yölovçilar ham maxsus deklaratsiya töldirişi şartligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr