Çet elda işlayotgan özbekistonliklar soni 10 yilda ikki baravar kamaydi – Prezident
Jamiyat
−
11:57 580 2 daqiqa
Çet elda işlayotgan özbekistonliklar soni ön yilda ikki baravar kamaygan bölsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablağlari tört karra oşdi. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qildi.
Davlat rahbari yiğilişda jahon mehnat bozori özgarayotganiga e’tibor qaratgan. Bugun dunyoda 168 million kişi xorijiy migratsiyada. Mamlakatda ham çet elda işlaş istagidagi fuqarolar bor, boşqa davlatlarda esa işçi kuçiga ehtiyoj yuqori. Uşbu ikki imkoniyatni özaro boğlaş soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldida turgan asosiy vazifa ekani qayd etilgan.
“Inson öz kasbini puxta egallasin, öz qadrini bilsin, öz yurtiga tayana olsin!” deydi Prezident.
Bidirilişiça, sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan özgargan. Ilgari bu yönalişda 3 ta davlat bilan iş olib borilgan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetgan. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik iş beruvçilar qariyb 400 taga köpaygan.
Çet elda işlayotgan özbekistonliklar soni ön yilda ikki baravar kamaygan bölsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablağlari tört karra oşgan. Prezidentning ta’kidlaşiça, xalqaro mehnat bozorida özbek mutaxassislariga munosabat özgarib, odamlar çetga oddiy işçi emas, malakali kadr sifatida borayotganini körsatadi.
Live
Barchasi01 Noyabr