AQSH elchixonasi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 3 mart kuni AQSHning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. 

Qayd etilishicha, 3 mart kuni AQSH O‘zbekistonga navbatdagi repatriatsiya reysini amalga oshirib, okean ortida qolishga qonuniy ruxsati bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarining katta qismini ortga qaytargan. Bu parvoz O‘zbekiston fuqarolarining AQSH-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishiga qarshi AQSH hukumati tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarning so‘nggisi hisoblanadi.

"Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy migratsiya xavfli va serxarj urinishdir. Biz O‘zbekiston fuqarolarini odamlarni tovar sifatida ko‘radigan jinoiy guruhlar yolg‘on va’dalariga ishonib, jabrdiyda bo‘lib qolishdan ogohlantiramiz. AQSHga sayohat qilishni xohlovchilarni xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqiramiz", deyiladi elchixona bayonotida.

AQSH o‘z hamkorlari bilan xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini tatbiq etgan holda, mamlakatda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlarini davom ettirishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing