AQSH elchixonasi Gruziyadagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Olam

image

AQSHning Tbilisidagi elchixonasi “xorijiy agentlar” haqidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda diplomatik missiyaning tegishli bayonoti e’lon qilindi.

"Biz Gruziya xalqi bilan birgamiz va ularning ovozi eshitilishi huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz tinch namoyishchilarga, jumladan namoyishni yoritayotgan jurnalistlarga nisbatan zo‘ravonlikni qoralaymiz. Tinch yig‘ilishlar va so‘z erkinligini bostirish uchun kuch ishlatish qabul qilinishi mumkin emas”, deyiladi elchixona bayonotida.

Gruziyada 15 apreldan beri hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi “Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqa boshlaganidan so‘ng norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishning dastlabki uch kuni keng ko‘lamli bo‘lib o‘tdi, keyin esa deyarli har kuni yoshlar tomonidan tashkil etilgan tinch yurishlar bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 aprel kuni namoyishlar chog‘ida olti nafar politsiya xodimi yaralangan, 63 kishi hibsga olingan.

Aprel oyi boshida “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi qonun loyihasini parlamentga qayta kiritish haqidagi qarorini e’lon qildi. Bu xuddi shunday tashabbus ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgani va hokimiyatni qonun loyihasidan voz kechishga majbur qilganidan bir yil o‘tib, sodir bo‘ldi. Uning matni o‘tgan yilgidek qolmoqda. Faqatgina “xorijiy ta’sir agenti” atamasi o‘rniga "xorijiy kuchning manfaatlarini ko‘zlaydigan tashkilot" tushunchasi ishlatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 may kuni Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilgandi. Shundan so‘ng yana namoyishlar avj oldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Gruziya elchixona Tbilisi namoyish xorijiy agentlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing