AQSH Duginaning portlatib yuborilishiga munosabat bildirdi
Olam
−
23 avgust 2022
15231Qo‘shma Shtatlar tinch aholining o‘ldirilishi qayerda sodir bo‘lishidan qat’i nazar, so‘zsiz qoralaydi. Bu haqda kecha, 22 avgust AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays rossiyalik jurnalist va jamoat arbobi Darya Duginaning o‘limiga izoh berar ekan.
“Barchangiz eshitganingizdan boshqa aytadigan gapim yo‘q – Ukraina bu odamga qilingan hujumga aloqadorligini inkor etadi. Biz Kiyevda, Buchada, Xarkovda, Kramatorskda, Mariupolda yoki Moskvada tinch aholiga qilingan hujumlarni so‘zsiz qoralaymiz. Bu tamoyil butun dunyoda amal qiladi”, deydi Prays.
Matmuot kotibining aytganlari, Vashington Kiyevning qotillikka aloqador emasligi haqidagi da’volariga ishonishini anlatadimi? Bu haqda Prays shunday deydi:
"Rossiya tomoni buni tekshirayotganiga shubham yo‘q. Shuningdek, ruslar ma’lum xulosalar chiqarishiga shubha qilmayman. Hozir shuni aytishim mumkinki, Ukraina voqeaga har qanday aloqadorlikni inkor etadi. Biz esa, o‘z navbatida, har qanday joyda tinch aholiga qasddan uyushtirilgan hujumlarni qoralaymiz”, javob berdi Prays.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni rus faylsufi va siyosatchisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Toyota Land Cruiser avtomobiliga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uchkuna portlashi oqibatida vafot etdi.
O‘sha kuni Dugina otasi bilan birga Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular turli mashinalarda yo‘lga chiqishgan.
Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab chiqdi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Darya Duginaning o‘ldirilishini Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan, ijrochi jinoyatdan keyin Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk.
Qotillik sodir bo‘lgan kuni Vovk va Shaban "An’anaviy" adabiy va musiqa festivalida bo‘lishdi, u yerda Dugina faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 21 avgust kuni Dugina boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining boshqariladigan portlashidan so‘ng, Vovk va uning qizi Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo‘nab ketgan.
Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, Duginaning o‘ldirilishini uyushtirish va uning turmush tarzi haqida ma’lumot olish maqsadida Vovk va uning qizi Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan. Jinoyatchilar jurnalistni kuzatish uchun Mini Cooper avtomobilidan foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga kirishda Donetsk Xalq Respublikasi raqamlari ishlatilgan - E982XN DPR, Moskvada – Qozog‘iston raqamlari 172AJD02 va chiqishda – Ukraina AH7771IP.
Prezident Vladimir Putin Darya Duginaning oilasiga hamdardlik maktubini yo‘lladi va marhuma jurnalistni "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi.
LiveBarchasi