AQSH delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vaziri bilan ham uchrashdi

Jamiyat

image

AQSH Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga ham tashrif buyurdi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatga tashrifi doirasida Mayk Rojers O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar tenglik, ishonch va hurmat, o‘zaro manfaatlarni inobatga olish kabi prinsiplar asosida rivojlanayotgani, strategik sheriklik darajasiga yetganligi ta’kidlab o‘tilgan.

Shuningdek, keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va o‘zaro tashriflar davom etayotgani alohida e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu delegatsiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

delegatsiya Mudofaa vaziri Mayk Rojers

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing