AQSH Davlat kotibining harakatlari Erdo‘g‘anni g‘azablantirdi
Olam
−
14 Oktabr 2023
18809Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Isroilga siyosiy pozitsiyadan emas, balki millatiga qarab yondashganlikda aybladi.
“AQSH Davlat kotibi mening Tashqi ishlar vazirim bilan muzokaralar olib bormoqda. U Isroilga davlat kotibi sifatida emas, balki yahudiy millati vakili sifatida yondashishini ma’lum qilgan. Bu qanday siyosatchi, bu qanday yondashuv? Agar ular mintaqaga musulmonlar sifatida yondashishlarini aytishsa, nima deb javob bergan bo‘lardingiz?”, deydi Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tgan Turkiya-Afrika biznes forumining yopilish marosimida.
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, odamga diniga qarab emas, balki insoniylik nuqtai nazaridan murojaat qilish kerak.
Erdo‘g‘an, shuningdek, oktyabr oyi boshida Suriyada Turkiyaning uchuvchisiz samolyotini urib tushirgani uchun AQSHni keskin tanqid qildi. Bunday harakatlarni strategik sheriklik ruhini buzish, deb atadi.
“Biz va Amerika Qo‘shma Shtatlari NATO blokiga a’zo emasmizmi? Qo‘shma Shtatlar bizning dronimizni urib tushirdi, buni qanday tushunish mumkin? O‘rtamizda xavfsizlik muammosi bor, bunday harakatlar strategik sheriklik ruhiga zid”, deydi u.
Erdo‘g‘an Yaqin Sharqda tinchlikka faqat Falastin mustaqilligi orqali erishish mumkinligini ta’kidlab keladi.
Jumladan, 11 oktyabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament)dagi chiqishi vaqtida Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar Falastin xalqini yolg‘iz qoldirgani, va’dasining ustidan chiqmagani va falastinliklarning huquqlari himoya qilinmaganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Turkiya rahbari Avstriya kansleri Karl Nexammer bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Falastin fojiasiga to‘xtalar ekan, Amerika hozirda barcha terrorchi tashkilotlarni tayyorlayotgani, o‘qitayotgani va qurollantirayotganini urg‘uladi.
LiveBarchasi