AQSH BRICS’ning kengayishiga qanday qaraydi?
Olam
−
25 iyul 2023
9109AQSH bir necha davlatlarning BRICS’ga qo‘shilish istagini hisobga olgan holda, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni cheklamoqchi emas. Shunga qaramay, Vashington o‘zining siyosiy va iqtisodiy modelining afzalligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda so‘z ochdi.
"Hamkorlikda biz ijobiy kun tartibiga amal qilamiz, davlatimiz va iqtisodiy modelimizning afzalliklarini namoyish etishga asosiy e’tiborimizni qaratamiz. Qo‘shma Shtatlar sheriklardan AQSH yoki boshqa davlatlar o‘rtasida tanlov qilishni talab qilmaydi", degan u jurnalistlarning savoliga javob berarkan.
Jan-Perga ko‘ra, Vashington bir necha bor AQSH mamlakatlarning bir-biri bilan sherikligini cheklamoqchi emasligini bildirgan.
“Lekin biz davlatlar o‘z fuqarolari manfaati uchun qanday ishlashini tanlash huquqiga ega bo‘lishini istaymiz. Shuningdek, mamlakatlar diplomatik aloqalari haqida o‘zlari gapira olishi zarur deb hisoblaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Oq uy voizi.
Ma’lumot uchun, BRICS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. Jazoir, Bangladesh, Misr va Efiopiya ham BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirgan. Guruhga qo‘shilish istagini Argentina, Eron, shuningdek, Indoneziya, Saudiya Arabistoni va Turkiya ham bildirgan. Avgust oyida Yoxennesburgda bo‘ladigan sammitda shu masala ham asosiy kun tartibida bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15