AQSH boshliq koalitsiya Iroq talabini bajarishga rozi bo‘ldi

Olam

image
Ostonada urush turgandek... north_east

Ostonada urush turgandek...

ISHIDga qarshi kurashish uchun AQSH tashabbusi bilan tuzilgan harbiy koalitsiya Iroq hukumatini yaqin kunlarda mamlakat hududidan chiqib ketish harakati boshlanishi haqida ogohlantirdi.

Iroq harbiy qo‘mondonligiga yuborilgan xatda koalitsiya yaqin kunlarda o‘z joylashuvini o‘zgartirishga tayyorgarlik boshlashi aytilgan. Koalitsiya harbiylarining Iroqdan chiqishi samarali va xavfsiz bo‘lishi uchun kerakli choralarni ko‘radi.

Shuningdek, koalitsiya qo‘mondonligi Iroq hukumatining o‘z hududidan qo‘shni davlat harbiylarini chiqarishga bo‘lgan urinishiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 5 yanvar kuni Iroq parlamenti koalitsiya kuchlarini mamlakat hududidan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Mamlakat hukumati bu qarorni to‘g‘ri deb hisobladi.

Iroq hukmron doiralari Bag‘dodda Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach shunday qarorga keldi. Ushbu operatsiya iroq rasmiylari bilan kelishilmagan holda amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq koalitsiya

Baholaganlar

413

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing