AQSH bosh razvedkachisi va “Tolibon” Qobulda maxfiy uchrashuv o‘tkazgan — OAV

Olam

image
Afg‘onistonga ommaviy ochlik xavf solmoqda north_east

Afg‘onistonga ommaviy ochlik xavf solmoqda

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns joriy yilning 23 avgust kuni “Tolibon” harakatining siyosiy qanoti rahbari Abdul G‘ani Barodar bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar bermoqda.  

Nashr manbalariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden Bernsni Qobulga u yerdagi evakuatsiya operatsiyasi masalasida yuborgan. 

Ta’kidlanishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi ushbu uchrashuv yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Uchrashuvda Amerika fuqarolarini Afg‘onistondan olib chiqish muddatini uzaytirish masalasi muhokama qilingan bo‘lishi mumkin.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing