AQSH BMTdan chiqishi mumkin
Olam
−
21 fevral 4839 1 daqiqa
AQSH qonunchilari mamlakatning BMT tarkibidan chiqishi jarayonini boshlab yubordi. Respublikachilar Kongress Senatiga Vashingtonning tashkilotdagi a’zoligi va uni moliyalashtirishni tugatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
“Prezident Qo‘shma Shtatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va barcha organlar, ixtisoslashgan muassasalar, komissiyalar va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rasman bog‘langan boshqa organlardagi a’zoligini tugatadi”, deyiladi hujjat loyihasida.
Shuningdek, qonun loyihasida Senat roziligisiz tashkilotga qayta qo‘shilishni taqiqlash ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, agar qonun qabul qilinsa, AQSH BMT tinchlikparvar missiyalarida qatnashmaydi.
Qonun loyihasi mualliflaridan biri “Fox News ” nashriga bergan intervyusida bu tashabbusni BMT “zolimlashayotgani” bilan izohlagan.
“BMT zolimlar platformasiga, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilariga hujum qilish joyiga aylandi”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatni BMTning “antiamerikan” tashkilotlaridan chiqarish to‘g‘risida farmon imzolagandi. BMT Inson huquqlari kengashi va Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) shular jumlasidan. Trampning bayonotida ta’kidlanishicha, BMT Inson huquqlari kengashi o‘zining asosiy maqsadini bajarmagan va inson huquqlarini buzayotgan davlatlarni himoya qilish vositasiga aylangan.
Live
Barchasi