AQSH birinchi marta Gruziyaga qarshi sanksiya kiritdi

Olam

image

Kecha, 5 aprel kuni AQSH hukumati Gruziyaning to‘rt nafar nufuzli sudyasiga sanksiya kiritdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti bayonotida ma’lum qilindi.

Gruziyalik sudyalar Mixail Chinchaladze, Levan Murusidze, Irakliy Shengeliya va Valerian Sersvadze hukumat foydasiga siyosiylashgan qarorlar qabul qilgani va katta korrupsion holatlarga aloqador bo‘lgani uchun AQSH sanksiyasi ostida qolgan. 

AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, sudyalar tashqi siyosat operatsiyalariga taalluqli bo‘lgan joriy moliyaviy yilni moliyalashtirish to‘g‘risidagi 7031(c) qonuniga muvofiq viza sanksiyalariga duchor bo‘lgan. Cheklovga ko‘ra, sudyalar, shuningdek, ularning oila a’zolari (turmush o‘rtoqlari va farzandlari) AQSH vizasini ololmaydilar. 

Gruziyaning nufuzli nohukumat tashkilotlari hisobotlarida Chinchaladze, Murusidze, Shengelia va Sersvadzelar hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi foydasiga harakat qilayotgan “sud klanining yetakchilari” sifatida ko‘p tilga olingan. AQSH Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, Amerika rasmiylari nafaqat ushbu hisobotlarga, balki ochiq manbalardan olingan turli ma’lumotlarga ham tayangan holda, shunday chora ko‘rishga qaror qilgan.

AQSH sanksiyalari Gruziyada janjal keltirib chiqargan. Bu AQSH-Gruziya munosabatlari tarixida Vashingtonning Tbilisiga qarshi ilk bor sanksiya joriy etishidir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Gruziya sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing