AQSH BAA Prezidentini ogohlantirdi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti so‘nggi yillarda Moskva va Pekin bilan munosabatlarni yaxshilagan, bu esa BAAning Vashington bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari BAAni Rossiya bilan do‘stlik aloqalarining oqibatlari haqida ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH rasmiylari BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni Rossiya va Xitoy bilan harbiy masalalarda, jumladan, razvedka sohasida haddan tashqari yaqin hamkorlik qilish AQSH bilan munosabatlarga putur yetkazishidan ogohlantirgan.

So‘nggi oylarda shayx AQSH rasmiylari bilan Rossiya va Xitoy masalalari bo‘yicha tez-tez maslahat olib borgan. BAAning AQSH bilan munosabatlari yaxshilanmoqda. 

Ma’lumot uchun, 2022 yil oktyabr oyida Nahayon Sankt-Peterburgda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu shayxning prezident sifatida Rossiyaga birinchi tashrifi edi. Bungacha u turli lavozimlarda Rossiyaga o‘ndan ko‘p marta tashrif buyurgan va 2019 yilda Putinni Abu-Dabida qabul qilgan.

Qayd etish joiz, BAA Ukrainadagi mojaroga nisbatan betaraf qolishga harakat qilmoqda. Abu-Dabi G‘arb davlatlarining bosimiga qaramay, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmagan, shuningdek, inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishda vositachi sifatida o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BAA Abu-Dabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing