AQSH Armanistondagi demokratik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi
Olam
−
06 mart 2021
2182AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muzokaralar olib bordi va hamkasbiga Armanistondagi demokratik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti saytida xabar berilgan.
"Kotib qonun ustuvorligi va demokratik institutlarni hurmat qilishning muhimligini ta’kidlab, Armanistonda demokratik jarayonlar va institutlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdi", deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, Blinken "Tog‘li Qorabog‘ mojarosini uzoq muddatli siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni mamnuniyat bilan qabul qildi", deyilgan manbada.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.
Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi.
LiveBarchasi