AQSH allaqachon bizga yordam berishni boshlagan – Lavrov
Olam
−
12 may 2020
10234Rossiya koronavirusga qarshi kurashda xorijiy sheriklarining, jumladan, Yevropa Ittifoqi va AQSHning yordamini ham rad qilmaydi. Bu haqda RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Biz xorijiy davlatlardan, jumladan Yevropa Ittifoqi a’zolaridan ham yordam qabul qilamiz. AQSHdan allqachon yordam va ko‘mak ola boshlaganmiz”, dedi Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar 232 243 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 2116 nafari vafot etgan va 43,5 minggi sog‘aygan.
Qayd etish kerakki, Rossiyada 3 maydan beri koronavirus bemorlari kuniga 10 mingdan ko‘proqqa oshib boryapti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin va Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham koronavirus yuqtirib oldi.
LiveBarchasi