AQSH Adliya vazirligi Minnesotadagi qotillik bo‘yicha oxirgi xulosani berdi

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi Minnesota shtatida muhojirlarni qo‘lga olish operatsiyasi paytida ICE agentlari tomonidan AQSH fuqarosining o‘ldirilishi munosabati bilan “inson huquqlari buzilishi” bo‘yicha tergov o‘tkazishga asos yo‘qligini bildirdi. 

7 yanvar kuni Minneapolisda (Minnesota shtati) Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) agentlarining qurolli aralashuvi oqibatida AQSH fuqarosining vafot etishi bilan bog‘liq mojaro tobora avj olmoqda. 

Adliya vaziri o‘rinbosari Todd Blanshning ma’lum qilishicha, “hozirgi paytda fuqaroning inson huquqlari buzilganligi bo‘yicha tergov o‘tkazish uchun yetarli asoslar mavjud emas”.

Shu bilan birga, nomi oshkor qilinishini istamaydigan ikki manba Associated Press’ga xabar berishicha, o‘tgan hafta Adliya vazirligining Fuqarolik huquqlari bo‘limi huquqshunoslari FQB olib borayotgan tergovning hozirgi bosqichida ishtirok etmasliklari haqida xabardor qilingan. 

Avvalgi ma’muriyatlar davrida federal xavfsizlik kuchlari tomonidan fuqarolarga qarata o‘q uzish holatlari ko‘pincha inson huquqlarining ehtimoliy buzilishi deb baholanib, Fuqarolik huquqlari bo‘limiga tergov uchun topshirilgan. Ushbu bo‘limni joriy ishga jalb qilmaslik to‘g‘risidagi qaror keskin bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Voqealar rivoji

7 yanvar kuni Minneapolisda noqonuniy muhojirlarni qo‘lga olish operatsiyasi chog‘ida ICE agentlari avtomobilda bo‘lgan AQSH fuqarosini otib tashlagan. 

Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning aytishicha, ayol ICE xodimlarini o‘z mashinasi bilan bosib ketmoqchi bo‘lgan, shundan so‘ng xodimlardan biri o‘zini va atrofdagilarni himoya qilish uchun tezda va o‘zini himoya qilish maqsadida o‘t ochgan.

Guvohlar tomonidan uyali telefonlarga yozib olingan va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda ayol o‘z mashinasida yo‘l o‘rtasida bo‘layotgan voqealarni kuzatib o‘tirganini ko‘rish mumkin. 

Agentlardan biri mashina eshigini kuch bilan ochishga urinmoqda. Shundan so‘ng ayol rulni keskin burab, ketmoqchi bo‘ladi. Shu payt boshqa ICE agenti mashinaning old qismiga yaqinlashadi va yaqin masofadan uchta o‘q uzadi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing