AQSH Adliya vazirligi Bayden advokatlari bilan hamkorlik o‘rnatdi 

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi Prezident Jo Baydenga tegishli maxfiy hujjatlarni qidirish jarayonini kuzatish uchun Federal qidiruv byurosini jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Ammo tergovni murakkablashtirmaslik uchun bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilgan, chunki vazirlik Prezidentning advokatlari bilan faol hamkorlikni o‘rnatgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Adliya vazirligi va yuristlar kelishuviga ko‘ra, Baydenning shaxsiy advokatlari davlat rahbarining uyini tekshirishi, potensial maxfiy hujjatlar topilgan taqdirda Adliya vazirligiga xabar berishi va huquqni muhofaza qilish organlarini jarayonga jalb qilishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Baydenning shaxsiy kabinetidan 2009 yildan 2017 yilgacha u AQSH Vitse-prezidenti lavozimida ishlagan davridagi maxfiy hukumat hujjatlari topilgan edi. Hujjatlarni Baydenning advokatlari Pensilvaniya universitetidagi Bayden diplomatiya va global hamkorlik markazida ofis maydonini bo‘shatganlarida qulflangan kabinetdan topgan.

Oq uy Bayden Vashingtondagi belgilangan binolardan 2017 yildan 2020 yilgacha ma’muriyatda ishlamagan paytda foydalanganini tan oldi. Prezidentning o‘zi esa ishxonasidan topilgan maxfiy hujjatlardan hayratga tushgani va ularning mazmunini bilmasligini aytgan.

Keyinchalik Amerika rahbarining yordamchilari Baydenning Uilmingtondagi uyidan – garajdan maxfiy hujjatlarning yangi to‘plamini topgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Shuningdek, davlat rahbarining huquqiy masalalar bo‘yicha maxsus maslahatchisi Richard Zauber Jo Baydenning mamlakat sharqidagi Delaver shtatining Uilmington shahridagi uyida maxfiy deb belgilangan yana besh sahifali hujjatlarni topib, ularni darhol Adliya vazirligiga topshirgan edi.

Topilgan hujjatlar yuzasidan joriy yilning 12 yanvar kuni AQSH advokati kotibi Amerika Prezidentiga tegishli maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash ishini tergov qilish bo‘yicha Robert Xurni maxsus maslahatchi etib tayinlangani e’lon qilingan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing