Bayden maxfiy hujjatlarining ikkinchi partiyasi topildi
Olam
−
12 yanvar 2023
8346AQSH Prezidenti Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlari ikkinchi partiyasi topildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjatlar joriy yilning 11 yanvar kuni Bayden yordamchilari tomonidan aniqlangan. Ular qayerdan topilgani hozircha noma’lum. Lekin ushbu hujjatlarda AQSH razvedkasi eslatmalari hamda Ukraina, Eron va Buyuk Britaniya bilan bog‘liq brifing materiallari mavjudligi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, Oq uy hali yangi kashf etilgan partiya haqida izoh bermagan. Biroq topilma AQSH ommaviy axborot vositalari tomonidan tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlari birinchi partiyasi AQSH Prezidentining Vashingtondagi tahlil markazidan topilgani haqida xabar berilgan edi.
Birinchi topilmaga nisbatan Bayden matbuot kotibi Karin Jan-Per o‘zining kundalik matbuot brifingida Penn Bayden markazida topilgan 10 ga yaqin hujjatlarning birinchi partiyasi haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi