Bayden maxfiy hujjatlarining navbatdagi partiyasi uning uyidan topildi
Olam
−
16 yanvar 2023
10041AQSH Prezidenti Jo Baydenning mamlakat sharqidagi Delaver shtatining Uilmington shahridagi uyida maxfiy deb belgilangan yana besh sahifali hujjatlar topildi va ular darhol Adliya vazirligiga topshirildi. Bu haqda davlat rahbarining huquqiy masalalar bo‘yicha maxsus maslahatchisi Richard Zauber ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 12 yanvar kuni u Prezidentning Vilmingtondagi uyidan topilgan maxfiy hujjatni Adliya vazirligiga topshirishga yordam berish uchun borgan.
“Hujjatni men bilan birga bo‘lgan Adliya vazirligi xodimlariga topshirayotganimda, unga ilova qilingan materiallar orasidan yana beshta maxfiy varaq, jami olti varaq hujjat topildi”, deydi Zauber.
Eslatib o‘tamiz, Baydenning shaxsiy kabinetida 2009 yildan 2017 yilgacha AQSH Vitse-prezidenti lavozimida ishlagan davridagi maxfiy hukumat hujjatlari topilgan edi. Gap o‘nlab hujjatlar, jumladan, maxfiylikning eng yuqori darajasi haqida bormoqda. Hujjatlarni Baydenning advokatlari Pensilvaniya universitetidagi Bayden diplomatiya va global hamkorlik markazida ofis maydonini bo‘shatganlarida qulflangan kabinetdan topgan.
Oq uy Bayden Vashingtondagi belgilangan binolardan 2017 yildan 2020 yilgacha ma’muriyatda ishlamagan paytda foydalanganini tan oldi. Prezidentning o‘zi esa ishxonasidan topilgan maxfiy hujjatlardan hayratga tushganini va ularning mazmunini bilmasligini aytgan.
Keyinchalik Amerika rahbarining yordamchilari Baydenning Uilmingtondagi uyida, shu jumladan garajda maxfiy hujjatlarning yangi to‘plamini topgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yilning 12 yanvar kuni AQSH advokati kotibi Amerika Prezidentiga tegishli maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash ishini tergov qilish bo‘yicha Robert Xurni maxsus maslahatchi etib tayinlanganini e’lon qilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi