Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlari topildi
Olam
−
10 yanvar 2023
7084Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlari AQSH Prezidentining Vashingtondagi tahlil markazidan topildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxfiy hujjatlar Baydenning shaxsiy advokatlari tomonidan aniqlangan. Oq uy maslahatchisi idorasi ushbu hujjatlar topilgan kuni Milliy arxivni xabardor qilgan. AQSH Bosh prokurori Merrik Garland AQSHning Chikagodagi advokatidan Milliy arxivga topshirilgan maxfiy hujjatlarni ko‘rib chiqishni so‘ragan.
10 ga yaqin mazkur hujjat Baydenning Penn Bayden diplomatiya va global hamkorlik markazidagi ofisidan topilgan. Penn Bayden 2017 yil o‘rtalaridan 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasi boshlanishiga qadar vaqti-vaqti bilan Bayden foydalangan nom hisoblanadi.
Vakillar palatasi nazorat qo‘mitasining demokrat vakili Jeymi Raskin Baydenning advokatlari hujjatlarni topgandan keyin zudlik bilan to‘g‘ri choralar ko‘rganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Jo Bayden 2009 yildan 2017 yilgacha mamlakatning sobiq Prezidenti Barak Obama davrida vitse-prezident bo‘lgan.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlari uchun o‘z kampaniyasini boshlashga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi