Bayden prezidentlik saylovlariga tayyorgarlikni boshladi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlari uchun o‘z kampaniyasini boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda “The Hill” gazetasi xabar berdi.

Amerika yetakchisi va uning yordamchilari bo‘lajak kampaniya tafsilotlarini ishlab chiqmoqda va Bayden yaqin haftalarda, ehtimol fevral oyida qayta saylanish uchun kurashish niyatini e’lon qilishi mumkin.

Gazeta manbalariga ko‘ra, o‘z nomzodi haqidagi rasmiy e’lonni demokrat aprel oyida e’lon qilishi mumkin.

Nashrning qayd etishicha, ba’zi demokratlar Baydenning ikkinchi muddatga saylanishiga shubha qilishda davom etsalar ham, kampaniya boshlash niyati shakllana boshlangan.

Asosan bu shubhalar o‘tgan yili 80 yoshga to‘lgan Prezidentning yoshi bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzodini qo‘ygan Jo Bayden 2020 yilgi  saylovda g‘alaba qozondi. AQSHning 46- Prezidenti bo‘lgan Baydenning inauguratsiyasi 2021 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing