Baydenga tegishli maxfiy hujjatlarni maxsus prokuror tekshiradigan bo‘ldi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, AQSH Prezidenti Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlarining birinchi partiyasi ortidan ikkinchi partiyasi ham topilgan edi. Natijada AQSH Adliya vazirligi Baydenga tegishli maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq holatni o‘zi o‘rganmoqchiligini bildirgan. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Adliya vazirligi hujjatni Kongressdagi respublikachilarga berishni taqiqlagan. Adliya vaziri maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun sobiq federal prokuror Robert Xurni maxsus prokuror etib tayinlagan.

Ma’lumot uchun, Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlari birinchi partiyasi AQSH Prezidentining Vashingtondagi tahlil markazidan topilgan edi. Shuningdek, buning ortidan Baydenga tegishli hujjatlarning ikkinchi partiyasi joriy yilning 11 yanvar kuni Bayden yordamchilari tomonidan aniqlangan. Topilgan hujjatlar orasida Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga oid materiallar ham borligi aytilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Kongress Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing