AQSH hukumati faoliyatini to‘xtatdi

Olam

image

Bugun, 21 dekabr kuni AQSH federal hukumati rasmiy ravishda “shatdaun” rejimiga o‘tdi, chunki Senat Vashington vaqti bilan yarim tunga qadar vaqtinchalik byudjet loyihasini qabul qilishga ulgurmadi. Bu haqda “C-Span” telekanali tomonidan uzatilgan ovoz berish jarayoni translyatsiyasida xabar berildi.

Hozirda “shatdaun” rasmiy hisoblanadi, chunki federal hukumat dam olish kunlarida ishlamaydi. Agar Senat qonun loyihasini 23 dekabrga qadar qabul qilmasa va amaldagi AQSH Prezidenti Jo Bayden uni imzolamasa, federal hukumatning faoliyati de-fakto to‘xtatiladi. Biroq Bayden ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

CNN xabariga ko‘ra, agar Senat Vakillar palatasi (Kongressning quyi palatasi) tomonidan ma’qullangan qonun loyihasini qabul qilsa, hukumat ishining to‘xtatilishi katta muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin.

ABC News “shatdaun” oqibatida taxminan 3,5 million davlat xizmatchisi va federal idoralar xodimlari bayram davrida maoshsiz qolishini yozgan. Ularning ayrimlari – masalan, transport xavfsizligi xodimlari, aviatsiya dispetcherlari, chegara qo‘riqchilari, harbiylar va Pentagonning fuqarolik xizmatchilari ishini davom ettirishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, AQSH hukumati faoliyatining to‘xtashi 1976 yil mamlakatda amaldagi byudjetni kelishish jarayoni joriy etilgandan buyon 21 marta sodir bo‘lgan. Eng uzoq davom etgan “shatdaun” esa Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida yuz bergan bo‘lib, 2018 yil oxiridan 2019 yil boshigacha 35 kun davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh “shatdaun”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing