AQSH harbiylarining o‘limi Eronga qimmatga tushadi – Tramp (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi urushda dam olish kunlari amerikalik harbiylar halok bo‘lgach, Tehron buning uchun “bir necha barobar qimmat” to‘lashini aytdi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida boshlangan urush davomida halok bo‘lgan AQSH harbiylari soni dam olish kunlari 17 nafarga yetgan. Yana bir harbiyning jasadi bo‘yicha ekspertiza ishlari davom etmoqda. Halok bo‘lganlarning ikki nafari Eronning Iordaniyadagi AQSH harbiylariga uyushtirgan hujumi oqibatida vafot etgani tasdiqlangan.

“Eron har safar amerikalik askarni o‘ldirsa, buning uchun bir necha barobar qimmat to‘laydi”, deb yozgan Tramp.

Uning aytishicha, bu bo‘yicha ko‘rsatma Mudofaa vaziri Pit Xegset hamda Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Daniyel Keynga berilgan.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon qariyb 430 nafar AQSH harbiysi yaralangan. Faqat joriy yilning 7 iyulidan buyon 100 nafar harbiy jarohat olgan bo‘lib, ularning 96 foizi xizmatga qaytgan.

Oq uy Tramp Delaver shtatidagi Dover harbiy-havo bazasida halok bo‘lgan harbiylarni tantanali kuzatish marosimida ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Urush va uning moliyaviy xarajatlari bugun, 21 iyul kuni AQSH Kongressida bo‘lib o‘tadigan tinglovlarning asosiy mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda. Unda Mudofaa vaziri Pit Xegset va Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Daniyel Keyn ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, qisqa muddatli sulhdan so‘ng, 7 iyuldan boshlab janglar yana avj oldi. Bu davrda AQSH Eron hududiga zarbalar berdi, Eron esa Yaqin Sharqdagi AQSH kuchlariga hujumlarni kuchaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron muzokaralarga rozi bo‘lmasa, mamlakatning elektr stansiyalari va ko‘priklariga zarba berishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing