AQSH HAMASga aloqadorlarga sanksiya kiritdi

Olam

image

AQSH Moliya vazirligi Buyuk Britaniya bilan kelishgan holda Falastinning HAMAS va Islomiy jihod harakatlariga aloqador sakkiz shaxs va ikki tashkilotga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda vazirlik saytida e’lon qilingan hujjatlarda so‘z borgan.

“Bugun Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga uyushtirgan teraktlari ortidan HAMASga aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalarning uchinchi bosqichini joriy qildi”, deyiladi AQSH Moliya vazirligi bayonotida.  

Aniqlik kiritilishicha, sanksiya choralari Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan xuddi shunday harakatlar bilan muvofiqlashtirilgan. 

Kengaytirilgan sanksiyalar ro‘yxatiga Eron, Suriya va Livan fuqarolari, shuningdek,  falastinliklar kiritilgan.

“Muhjat al-Quds fondi” tashkilotiga qarshi cheklovlar joriy etildi, uning asosiy vazifasi, AQSH G‘aznachiligi ta’kidlaganidek, Islomiy jihod jangarilari va qamoqdagi harakat ishtirokchilarining oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishdir. 

Shuningdek, Nabil Chouman & Co valyuta ayirboshlash kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. 

“Bu kompaniya bir necha yillar davomida HAMASni moliyalash kanali bo‘lib xizmat qilib, terrorchilik tashkilotiga o‘n millionlab dollar o‘tkazgan”, deya aniqlik kiritmoqda vazirlik. 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida AQSH Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi Rossiyadan 12 ta va O‘zbekistondan bitta kompaniyaga Amerika texnologiyalari va tovarlarini yetkazib berishni chekladi. Chunki AQSH hukumati bu tashkilotlarning xatti-harakatlari milliy xavfsizlik hamda mamlakat manfaatlari va tashqi siyosatiga zid, deb hisoblagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh HAMAS G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing