Mirziyoyev Putin bilan Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 dekabr kuni rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2024 yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

"Yetakchilar Suriya va Ukraina atrofidagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Putin telefon orqali 3 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi vaziyatni, bugun, 11 dekabrda esa Vengriya Prezidenti Viktor Orban bilan Ukrainadagi urushni muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing