Afsonaviy darvozabon faoliyatini yakunladi

Sport

image

Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon “Parma” bilan shartnomasini bekor qildi va 44 yoshida faoliyatini yakunladi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Darvozabonning “Parma” bilan shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan, biroq jamoaning B Seriyadan A Seriyaga ko‘tarila olmagani Buffon uchun umidsizlik bo‘ldi. U yana bir mavsumni B Cyeriyada o‘tkazishni istamadi. Shu yozda Janluiji Saudiya Arabistonidan foydali takliflar oldi, biroq u barcha variantlarni rad etdi. Buffon yanvar oyida 45 yoshga to‘ladi.

Afsonaviy darvozabon faoliyati davomida “Parma” (ikki marta), “Yuventus” va PSJ klublarida o‘ynagan. U Italiya terma jamoasi safida 176, A Seriyada 657, Yevropa Chempionlar ligasida 124 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Faoliyati davomida Buffon terma jamoa bilan 2006 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Klub miqiyosida posbon 10 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Buffon 2003 yilda UEFA tomonidan Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Janluiji Buffon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing