Asrning eng yaxshi darvozabonlar reytingi e’lon qilindi
Sport
−
05 fevral 4873 1 daqiqa
Fransiyaning Canal+ nashri talqiniga ko‘ra, XXI asrning eng yaxshi 15 nafar darvozaboni reytingi e’lon qilindi. Unda Manuel Noyer asrning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Manbaga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Germaniya terma jamoasi hamda “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer yetakchilik qilmoqda. Nashr ta’kidlashicha, u zamonaviy futbol davrining eng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Afsonaviy italiyalik posbon Janluiji Buffon ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Real Madrid” va Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua uchinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, Iker Kasilyas va Oliver Kan ham ushbu ro‘yxatda kuchli beshlikka kiritilgan.
XXI asrning eng yaxshi 15 darvozaboni ro‘yxatidan yana quyidagi posbonlar o‘rin olgan: Petr Chex, Edvin van der Sar, Faben Bartez, Ugo Loris, Keylor Navas, Yan Oblak, Janluiji Donnarumma, Dida, Alisson va Emiliano Martines.
Ta’kidlash joiz, Manuel Noyer 2011 yil yozidan buyon “Bavariya” safida to‘p surib kelmoqda. U 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan va turnirdagi g‘alabada muhim rol o‘ynagan.
Live
Barchasi