Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
−
30 iyun 1197 1 daqiqa
Germaniya milliy terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatining 1/8 finalidagi mag‘lubiyat bilan xalqaro faoliyati yakunlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Noyer “Bundesliga Insider” portalida bergan intervyusida so‘z ochdi.
Germaniya terma jamoasi 1/8 finalda Paragvayga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Noyer penaltilardan birini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, ammo bu jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi.
“Hammasi aynan shunday yakunlangani juda achinarli”, deydi tajribali darvozabon.
Ma’lumot uchun, Noyer Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi Jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan, 2010 yilgi mundialda esa bronza medali sohibi bo‘lgan.
Darvozabon Jahon chempionatlarida o‘tkazgan 23 ta uchrashuvi bilan Germaniya terma jamoasining rekordchisi hisoblanadi.
Live
Barchasi