Afrika ocharchilik yoqasida turibdi – BMT

Olam

image
0:00
0:00
download

Afrika shoxida (Efiopiya, Keniya va Somali) 22 millionga yaqin odam davom etayotgan qurg‘oqchilik tufayli ochlik yoqasida turibdi. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (JOD) ma’lum qildi.

“Yil boshidan buyon yana to‘qqiz million odam Efiopiya, Keniya va Somalida o‘tkir oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch keldi. Shunday qilib, 22 million kishi o‘zini yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosiga duch kelmoqda”, deyiladi bayonotda.

JOD ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqa mamlakatlarida chorva mollari nobud bo‘lmoqda, aholi o‘tkir suv tanqisligini boshdan kechirmoqda, 1,1 milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Tashkilotning ta’kidlashicha, mintaqada qurg‘oqchilik hali tugamagani uchun kelgusi olti oyda mahalliy aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun yana 418 million dollarga yaqin mablag‘ kerak.

JOD veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda 345 million kishi oziq-ovqat etishmovchiligiga duch kelmoqda va 800 milliondan ortiq kishi har kecha uxlashga och yotadi.

Tashkilotga ko‘ra, ochlikning asosiy sabablari: harbiy mojarolar, iqlim o‘zgarishi, COVID-19 pandemiyasining oqibatlari va ochlikka qarshi kurashga kam mablag‘ ajratilishidir.

Iyul oyi boshida BMT Ukrainadagi jangovar harakatlar tufayli bu yil dunyoda 13 millionga yaqin odam qo‘shimcha ravishda to‘yib ovqatlanmaslik muammosiga duch kelishini bashorat qilgan edi. Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2030 yilda ham 670 milliondan ortiq odam ochlikni boshdan kechirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing