Afg‘onistonning sobiq prezidenti ayollarga qo‘yilgan cheklovni zudlik bilan olib tashlashni so‘radi
Olam
−
28 iyul 2023
8157Afg‘onistonning sobiq prezidenti Homid Karzay va Yevropa Ittifoqining Afg‘onistondagi vakili mamlakatdagi ta’lim, xususan, ayollar va qizlar uchun muhim muammoni muhokama qilish uchun uchrashdi. Bu haqda “Khamma Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Karzay Yevropa Ittifoqi diplomatidan mamlakatda ta’limni rivojlantirishni iltimos qilgan.
“Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazoratni qo‘lga kiritganidan beri ular bir qancha bosqinchi siyosat va amaliyotlarni o‘rnatdi. Masalan, qizlar va ayollar oltinchi sinfdan keyin maktablarda va universitetlarda o‘qishlari taqiqlandi. Shuningdek, ular o‘tgan dekabr oyidan beri og‘ir gumanitar inqiroz sharoitida afg‘on ayollarining yordam agentliklari bilan ishlashini taqiqlagan. Bundan tashqari, yaqinda amalga oshirilgan harakatlarda de-fakto hokimiyat butun mamlakat bo‘ylab go‘zallik salonlarini taqiqladi”, deydi Karzay.
Shuningdek, u xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan katta tanqidga uchragan qaror, ayollarga qo‘yilgan cheklovlarni zudlik bilan olib tashlashni so‘ragan.
Bundan tashqari, Karzay BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Amina Muhammad va uning jamoasi bilan ham uchrashgan. Ular ta’limning ahamiyati haqida gapirib, faqat ayollar uchun o‘quv muassasalarini qayta ochishni talab qilishgan.
Avvalroq mamlakatdagi ayollar sartaroshxonalariga kosmetika vositalaridan foydalanishda qator cheklovlar joriy etilgandi. Bundan tashqari, afg‘onistonlik ayollar ochiq havodagi restoranlarga borishi ham mumkin emas. Joriy yil aprel oyida nishonlangan Ramazon hayitida, hatto, ayollarning ko‘chaga chiqishi ham taqiqlangandi. Bunday cheklovlar nafaqat ayollarga, balki erkaklarga nisbatan ham joriy qilingan. Masalan, erkaklar uchun ayollarning kiyimlarini tikish taqiqlangan. Shuningdek, Afg‘onistonda ayollarni erkak shifokorlar davolashi ham mumkin emas.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga ko‘ra, “Tolibon” hokimiyati ostida so‘nggi paytlarda o‘smir qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygan. Shunga qaramay, “Tolibon” yaqinda mamlakat ayollarining “erkin inson” maqomi tiklanganini e’lon qildi.
LiveBarchasi