Afg‘onistonning Londondagi elchixonasi yopiladi

Olam

image

Britaniya hukumati Afg‘oniston sobiq hukumati tomonidan tayinlangan mamlakat elchixonasini yopish to‘g‘risida afg‘on diplomatlarini xabardor qildi. Bu haqda avvalgi hukumatning Londondagi elchisi Zalmay Rasul ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu harakat iyul oyida “Tolibon”ning avvalgi hukumat tomonidan tashkil etilgan elchixonalarni, jumladan Kensingtondagi missiyani endi tan olmaslik to‘g‘risida e’lon qilganidan keyin amalga oshirildi.

 “Biz ushbu davr mobaynida Afg‘onistonning Londondagi elchixonasi bilan samimiy hamkorlik qilgan barcha hamkasblar, fuqarolar va tegishli muassasalarga minnatdorchilik bildiramiz va ularni qadrlaymiz”, deydi Zalmay Rasul.
Aytilishicha, elchixona 27 sentyabr kuni rasman yopiladi.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston sobiq rahbari Ashraf G‘ani hukumati qulaganiga qaramay (2021 yil avgust) mamlakatning butun dunyo bo‘ylab (asosan G‘arbdagi) elchixonalari xodimlari ishlashda davom etmoqda. Shuningdek, Yaqin Sharq va Osiyodagi bir qator davlatlar amaldagi hukumat – “Tolibon”ning diplomatik vakolatxonalarini allaqachon qabul qilgan. Iyul oyi oxirida “Tolibon” sobiq hukumat tomonidan ochilgan diplomatik vakolatxonalarni endi tan olmasligini, shu sababli avvalgi ma’muriyatga aloqador xodimlar tomonidan berilgan pasport, vizalar va boshqa hujjatlar ham rasman kuchini yo‘qotganini e’lon qilgan.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirligi “Tolibon” muvaqqat hukumati elchisining ishonch yorliqlarini qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston London Britaniya “Tolibon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing