Afg‘onistondagi tinchlik SHHTdagi xavfsizlikning shartidir – Norov
Jamiyat
−
29 iyul 2022
5462Bugun, 29 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlar kengashi yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov afg‘on muammosiga ham to‘xtaldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Norovga ko‘ra, Afg‘onistonda uzoq kutilgan tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi SHHT makonida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning strategik sharti hisoblanadi.
“Yaqinda Toshkentda yuqori martabali delegatsiyalar, jumladan, SHHT davlatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya anjumanning minbaridan ushbu mamlakatni chuqur inqirozdan olib chiqish bo‘yicha aniq takliflar bildirilgan tarixdagi birinchi forum bo‘ldi,
Konferensiya Afg‘oniston uchun nizodan keyingi strategiyaga muvofiqlashtirilgan yondoshuvlarni ishlab chiqishdan umumiy manfaat mavjudligini namoyon etdi”, degan Norov.
Vazir xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonning iqtisodiy qayta tiklanishini targ‘ib qilishni birinchi o‘ringa qo‘ygani holda mamlakatning yangi hokimiyatiga qarshi tanqid darajasini pasaytirganini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi