Afg‘onistondagi suv toshqinlari bir oy ichida 182 kishining umriga zomin bo‘ldi
Olam
−
25 avgust 2022
3902Afg‘onistonning turli viloyatlarida so‘nggi bir oy ichida 182 kishi toshqin qurboni bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga “Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabiulla Mujohid ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning turli hududlarida yog‘gan kuchli yomg‘ir suv toshqinlari va sellarni keltirib chiqargan.
“Avtomobil falokati natijasida 250 kishi jabrlandi. 3109 ta bino vayron bo‘lgan, minglab gektar qishloq xo‘jaligi yerlari zarar ko‘rgan”, deydi matbuot kotibi.
O‘z navbatida, “Tolibon” muvaqqat hukumati tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligining rasmiy vakili Muhammad Nesim Haqqoniyning ma’lum qilishicha, departament toshqindan jabrlanganlarga tez yordam yetkazmoqda.
Ayni paytda Logar viloyatining Xoshi tumanida suv toshqini 20 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Pokistonda 14 iyundan beri kuchli yomg‘ir qurbonlari soni 903 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar orasida 326 nafar bola va 191 nafar ayol bor
LiveBarchasi