Afg‘onistonda terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston shimolida bank yonida terrorchi-xudkush tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Ariana news” xabar berdi.

Politsiya vakili Jumaddin Haqsorga ko‘ra, hujum Qunduz viloyatida joylashgan Qobul banki bo‘limi yonida mahalliy vaqt bilan 8:30 da sodir etilgan. Shu vaqt davlat xizmatchilari maosh olish uchun bank oldida to‘plangan bo‘lgan. Hodisa oqibatida bank qo‘riqchisi va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Hujum uchun hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, Haqsor esa politsiya hujum tashkilotchilarini qidirayotganini ma’lum qilgan. U qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor etmagan.

“Khaama Press” xabariga ko‘ra, Qunduz viloyat shifoxonasidagi guvoh klinikaga 14 kishining jasadi olib kelinganini ma’lum qilgan. Xuddi shu shifoxonadagi boshqa manba esa kamida 17 nafar halok bo‘lganlar yetkazilganini bildirgan. Ba’zi manbalar qurbonlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, bunday hujumlarning tez-tez sodir bo‘lishi mamlakatdagi xavfsizlik holati bo‘yicha xavotirlarni oshirmoqda, ayniqsa terroristik guruhlar rasmiy shaxslar va oddiy fuqarolarga hujum qilishni davom ettirayotgani fonida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatidagi masjidda noma’lum shaxslar 12 kishini otib tashlagan edi. Bag‘lon viloyati politsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Abdul Qayur G‘odimning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari hodisa bo‘yicha bir nechta gumonlanuvchini hibsga olgan va jinoyat ishi yuzasidan tergov boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing