Afg‘onistonda qarshilik harakati kuchlari uchta tumanni “Tolibon”dan qaytarib oldi

Olam

image

Afg‘onistonning sobiq hukumati tarkibida Mudofaa vaziri bo‘lgan Bismilla Xon Muhammadiy qarshilik harakati kuchlari mamlakat shimoli-sharqidagi Bog‘lon viloyatining uchta tumani “Tolibon”dan qaytarib olganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

“Tolibon”ga qarshilik ko‘rsatish mening burchim. Bog‘lovnning Puli-Hisor, Deh-Saloh va Banu tumanlari qarshilik harakatining mahalliy kuchlari tomonidan egallandi”, degan general Twitter sahifasida.

Ta’kidlanishicha, Bog‘londagi tumanlar ustidan nazoratni qaytarish chog‘ida qarshilik harakati kuchlari o‘nlab toliblarni yo‘q qilgan va jarohatlagan.

Avvalroq, Marshal Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum otryadi va qurollar bilan “Tolibon”ga bo‘ysunmayotgan Panjsher viloyatiga borgani xabar qilingandi.

Bundan avval Qarshilik harakati “Tolibon” pozitsiyalariga hujum qilib, Qobul shimolidagi Chorikor tumanini toliblardan qaytarib olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Panjsher viloyati Afg‘onistonning “Tolibon” nazoratiga o‘tmagan yagona hudud bo‘lib turibdi. Viloyatga shuningdek, Ashraf G‘anidan keyin o‘zini Afg‘onistonning vaqtinchalik Prezidenti, deb e’lon qilgan Amrulla Solih ham yetib kelgan. Hudud "Tolibon" harakatiga qarshilik ko‘rsatish markazi sifatida shakllanmoqda. Viloyatga afg‘on harbiylari va maxsus topshiriqlar bo‘linmasi askarlari yetib kelgan. Shuningdek, Marshal Do‘stumning o‘zi ham 10 ming kishilik qo‘shin bilan Panjsherga yo‘l olgani aytilgandi.

Panjsherda qarshilik harakatiga yetakchilik qilayotgan Ahmad Mas’ud (o‘tgan asrning 80-90-yillarida SSSR qo‘shinlariga va keyinroq “Tolibon”ga qarshi kurashgan mujohidlar lideri Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li) G‘arb davlatlariga yordam so‘rab murojaat qildi. U toliblarga qarshi kurash uchun qurol zarurligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

857

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing