Afg‘onistonda AQSH tomonidan tuzilgan maxsus bo‘linma “Tolibon”ga taslim bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatini mudofaa qilish uchun tuzilgan maxsus bo‘linma – Khost Protection Force (KPF) “Tolibon” jangarilariga taslim bo‘ldi.

“KPF AQSH tomonidan tuzilgan maxsus bo‘linma bo‘lib, Afg‘oniston hukumati uni nazorat qilmagan. Ular Xost, Paqtiya va Paktika viloyatlarida joylashgan bo‘lib, minglab odamlarni sudsiz qatl etishi bilan tanilgan”, degan mahalliy jurnalistlardan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dva Manda uyezdida 6 ming askar 1200 ta avtomobilda toliblarla taslim bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘linma radikallarga taslim bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Ta’kidlanishicha, Xost viloyati toliblar nazoratiga o‘tganida, KPF askarlari jangarilarning qasosidan qo‘rqib qo‘shni Paqtiya viloyatiga qochishga uringan. Biroq “Tolibon” jangarilari ularni Dva Manda uyezdida to‘xtatgan.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

905

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing