Afg‘onistonda hujumga uchragan o‘zbekistonliklar orasida qurbonlar bormi?
Jamiyat
−
21 avgust 2020
11585Avvalroq, Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston fuqarolari qurolli hujumga uchragani haqida xabar bergan edik. Ular temiryo‘lchilar bo‘lgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi va sodir bo‘lgan voqeada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lmaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 20 avgust kuni Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilgan.
“Korxona ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan korxona koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, xaydovchi va Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining temir yo‘lni qo‘riqlash bataloni askari Xayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishgan.
Shundan so‘ng, temir yo‘lning taxminan 43 kilometri yaqinida ularga noma’lum shaxslar tomonidan qurolli xujum uyushtirilgan”, deyiladi xabarda.
Xujum natijasida korxona koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari jaroxat olgan, ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temir yo‘lni qo‘riqlash bataloni askari va bir nafar hujum qilgan noma’lum shaxs) halok bo‘lgan.
Jaroxat olgan korxona koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari korxonaga tegishli avtomashinada Termiz shahridagi shifoxonaga yetkazilgan.
21 avgust soat 7:00 dan Xayraton stansiyasi o‘z ishini davom ettirish uchun ochildi. Mozori-Sharif va Naibobod stansiyalarida ochilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi