Afg‘onistonda harbiy vertolyot quladi. Qurbonlar bor
Olam
−
09 iyun 2021
6367Kecha, 8 iyun kuni Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari vertolyoti qulab tushdi. Natijada uch askar halok bo‘ldi, yana biri yaralandi, deb xabar bergan “TOLO News” telekanali.
Xabarga ko‘ra, Mi-17 vertolyoti Afg‘oniston markazidagi Vardak provinsiyasining Jagatu rayonida qulagan. Voqea jabrlanuvchisini shifoxonaga olib borish uchun hodisa joyiga boshqa bir vertolyot yuborilgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot qulashi bo‘yicha javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.
Avvalroq, “Tolibon” so‘nggi uch kun ichida Afg‘onistonning 4 ta tumanini egallagani haqida xabar bergandik. Qayd etish kerakki, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagandan beri “Tolibon” faollashib qolgan.
LiveBarchasi