Afg‘oniston O‘zbekistonga minglab oddiy odamlar hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi
Jamiyat
−
16 iyun 2021
5553Afg‘oniston O‘zbekistonga COVID-19 ni yengishda bergan gumanitar yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha, 15 iyun kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Xanif Atmar bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Xanif Atmar Afg‘oniston rahbariyati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uchinchi to‘lqinga duch kelgan minglab oddiy afg‘onistonliklarning hayotini saqlab qolgan favqulodda gumanitar yordam uchun samimiy minnatdorligini yetkazishni so‘ragan.
Shuningdek vazir, O‘zbekiston birinchi bo‘lib Afg‘onistonning so‘roviga javob berganini ta’kidlab o‘tgan.
Xabar qilinishicha, tomonlar o‘zaro iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Qiyinchilik va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlikni muxokama qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zbekiston Afg‘onistonga mingta kislorod ballonlarini yetkazib bergan edi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi