O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati so‘ragan yordamni yetkazib berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Afg‘onistonga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yordamni yetkazib berdi. Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatining favqulodda so‘ragan yordamiga birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibinig yozishicha, shu kunlarda Afg‘oniston Islom Respublikasida pandemiyaning uchinchi to‘lqini kuzatilmoqda. Afg‘oniston hukumati xalqaro jamoatchilikka murojaat qilib, qiyin holatdan chiqish bo‘yicha ko‘mak so‘ragan.

Qayd etilishicha, ushbu murojaatga birinchi bo‘lib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’tibor qaratgan va Afg‘oniston tomoniga aholi salomatligini mustahkamlashga zarur bo‘lgan insonparvarlik yuklarini yuborish bo‘yicha topshiriq bergan. 

Kecha, 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Balx viloyati gubernatori Farhod Azimiy va Viloyat kengashi raisi Muhammad Xadid so‘zga chiqib, O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam Afg‘oniston xalqiga chinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev o‘z nutqida oziq-ovqat va dori-darmonlar Afg‘onistonga pandemiyaga qaramay uzluksiz ravishda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi orqali yetkazib berilayotganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing